24/06/2022

2022- yilning 22–23-iyun kunlari Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti koʻmagida “Ochiq maʼlumotlar ekotizimini rivojlantirish, ochiqlik, shaffoflik va hisobdorlik madaniyatini oshirish” mavzusida ikki kunlik trening oʻtkazildi. 

antikor2406_1antikor2406_2antikor2406_3

Mazkur tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022- yil 14-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasini oshirish va baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-154-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etildi.

Treningda yurtimizdagi 20 dan ortiq vazirlik va idoralarning ochiqlikni taʼminlashga masʼul boʻlgan 40 nafardan ziyod vakillari ishtirok etdi.

Davlat statistika qo‘mitasidan Ochiq ma`lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi hamda Axborot xizmati xodimlari qatnashdi.  

antikor2406_4antikor2406_5

Tadbir davomida Ochiqlik indeksini shakllantirish, davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ochiqligini monitoring qilish va reyting baholash tartibi, bu jarayonlarda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining vazifa va vakolatlariga bagʻishlangan taqdimotlar oʻtkazildi.  

Shuningdek, ishtirokchilar davlat idoralari vakillarining ochiq maʼlumotlar siyosati va uni amalga oshirish mexanizmlari borasida fikr-mulohaza almashishdi.    

Matbuot xizmati