O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan yurt ravnaqi va xalq farovonligi yo`lida fidokorona mehnat qilayotgan barcha jurnalistlarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etadi.
Doimo yangilik izlab, yangilikka intilib, hayotning qaynoq nuqtalariga kirib boradigan, xolislik va haqqoniylik, Vatan va xalq manfaatlarini birinchi o`ringa qo`yadigan oliyjanob va mas`uliyatli kasb egalari bo`lgan ommaviy axborot vositalari xodimlariga mustahkam sog`lik, ijodiy muvaffaqiyat va ulkan parvozlar tilaymiz.