24/06/2022

Joriy yilning 24- iyun kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminar tashkil etildi.

Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti B.Ismatullayev O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 09.04.2019-yildagi “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  PQ-4273-son va O’zbekiston Respublikasining 16.06.2022- yildagi “O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O’RQ-779-son Qonunining mazmun-mohiyatini xodimlarga tushuntirib berdi. 

Seminar davomida xodimlar tomonidan berilgan savollarga boshqarma bosh yuriskonsulti B.Ismatullayev tomonidan batafsil ma'lumotlar berildi.