29/06/2022

Tayyor mahsulot turlarini kengaytirish va ishlab chiqarilishini qo‘llabquvvatlash bo‘yicha amalga oshirib kelinayotgan chora-tadbirlar natijasida, so’nggi yilllarda viloyatda iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi sezilarli darajada oshirilib borilayotgani kuztilmoqda. Jumladan joriy yilning yanvar-may oylarida jami 3 trln. 148,3 mlrd. so‘mlik iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarilgan. O‘sish surati 2021-yilning mos davriga nisbatan 112,8 % ni, uning jami sanoatdagi ulushi esa 52,9 % ni tashkil etdi.

Hududlar kesimida iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarilishining viloyat jami hajmidagi eng yuqori ulushi Namangan shahriga to‘g‘ri kelib 41,1 % ni, shuningdek, To‘raqo‘rg‘on tumani 9,6 % ni, Chust tumani 8,4 % ni, Namangan tumani 8,3 %, Kosonsoy tumani 7,4 % ni tashkil etdi.