30/06/2022

Har bir mamlakatning iqtisodiy hayotida muhim o‘rin tutuvchi savdo sohasi ishlab chiqarish va iste‘mol o‘rtasidagi aloqani ta‘minlaydi, shuningdek, tovarlarni ishlab chiqarish hajmi va tarkibiga, ularning turlarini yaxshilanishiga va sifatini oshishiga sezilarli ta‘sir ko‘rsatadi.

Joriy yilning yanvar-may oylarida Namangan viloyatida savdo xizmatlarining hajmi  1 trln. 934,3 mlrd. so‘mga yetdi. Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida savdo xizmatining ulushi 34,1 % ni tashkil etdi. O‘sish sur’ati 2021- yilning mos davriga nisbatan 119,7 % ni tashkil etgan.