30/06/2022

Joriy yilning 30- iyun kuni Yangi Namangan tumani “Мingterak” mahallasida Davlat Namangan viloyat statistika boshqarmasi yuridik xizmati bosh yuriskonsulti B.Ismatullayev tomonidan  Oʻzbekiston Respublikasining 2020- yil 16- martdagi “Aholini roʻyxatga olish toʻgʻrisida” OʻRQ-611- son hamda O‘zbekiston Respublikasining 2021- yil 11- avgustdagi “Rasmiy statistika to‘g‘risida” O’RQ-707- son Qonunlarining mazmun-mohiyatini yoritish borasida tushuntirish va targ‘ibot ishlari amalga oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda amalga oshiriladigan aholini ro‘yhatga olish jarayonlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining tavsiyasiga ko‘ra har 10 yilda  amalga oshirib borilishi alohida ta’kidlandi.

“Mingterak” mahalla faollari tomonidan mavzuga oid berilgan barcha savollarga Namangan viloyat statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti B.Ismatullayev tomonidan javob berib o‘tildi.