24/06/2022

Joriy yilnning 24- iyun kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi majlislar zalida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.

Matbuot anjumanida aholini ro‘yxatga olishga ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayoni xususida so‘z yuritildi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 710-son qarori ijrosi yuzasidan ma'lumotlar berib o'tildi.

Matbuot anjumanida viloyat statistika boshqarmasining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘lim boshlig'i Nuriddin Najmiddinov mavzu yuzasidan batafsil tushuncha berdi.

Tadbir davomida aholini ro‘yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazishda nimalarga e’tibor qaratish lozimligi, bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar xususida atroflicha fikr-mulohaza almashildi. 

Shuningdek, tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga soha mutaxassislari batafsil javob berishdi.

Axborot xizmati