30/06/2022

Namangan viloyati bo‘yicha 2022- yilning yanvar-may oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 6 trln. 569,3 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 2021- yil yanvar-may oylariga nisbatan 113,5 % ni tashkil etdi. Namangan viloyati bo‘yicha chakana savdo tovar aylanmasida eng yuqori ulushni Namangan shahri 44,1 % ulush bilan 2 trln. 896 mlrd. so‘mni tashkil etgan bo‘lsa eng quyi ulushni Mingbuloq tumanida 2,9 % ulush bilan 191,2 mlrd.so‘mni tashkil etgan.

Ma’lumot o‘rnida, chakana savdo tovar aylanmasining tarkibiy qismida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasi 91 % va yirik korxonalar hissasi 9 % ni tashkil etgan.