Namangan viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 2022- yil 1- iyun holatiga ko‘ra 308 tani tashkil etib, ulardan 298 tasi yoki 96,8 % faoliyat ko‘rsatmoqda.
Faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni
Sanoatda – 142
Savdoda -44
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 39
Qurilish sohasida – 20
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 12
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar -9 ta
Tashish va saqlashda – 3 ta
Boshqa faoliyat turlarida – 30 tani tashkil etmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, 2022- yilning yanvar-may oylarida viloyatimizda 18 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar yangi tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4 taga ko‘paygan.