30/06/2022

Joriy yilning yanvar-may oylarida viloyatning eksportyorlar soni 355 tani tashkil etib, ular tomonidan qimmatbaho metallar eksportidan tashqari 220,6 mln.AQSh.dollari qiymatidagi tovar va xizmatlar eksport qilinishi ta`minlandi. Eksport hajmi 2021- yilning mos davriga nisbatan 28,0 % ga ko‘paygan. Tovar va xizmatlar eksporti bo‘yicha asosiy hamkor davlatlar tarkibida Rossiya Federatsiyasi umumiy eksport hajmining 44,8 % tashkil etgan bo‘lsa, Qirg‘iz Respublikasi (14,3 %), Turkiya (10,7 %), Xitoy Xalq Respublikasi (10,2 %), Qozog‘iston (6,4 %), Polsha (1,9 %) va Germaniya (1,5 %) davlatlari saqlanib qolmoqda, hamda ularning jami eksportdagi ulushi 89,7 foizni tashkil etmoqda. Hamkor mamlakatlarning tovarlar va xizmatlar eksporti bo‘yicha geografiyasi 2021- yining mos davriga nisbatan 43 davlatdan 46 davlatga ko`paydi.