30/06/2022

Bugungi kunda xizmatlar sohasi iqtisodiyotning eng istiqbolli va tez rivojlanayotgan tarmoqlaridan biridir. Aynan shu sektor iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda band boʼlganlar soni boʼyicha iqtisodiyotning asosiy qismini tashkil qiladi. Jumladan soʼnngi yillarda Namangan viloyatida ham xizmatlar sohasi jadallik bilan rivojlanib bormoqda.

2022- yilning yanvar-may oylarida koʼrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 5,7 trln. soʼmni tashkil etib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 1,2 trln. soʼmga koʼpyagan.

Koʼrsatilgan bozor xizmatlarni tarkibida eng yuqori hajm Savdo xizmatlarida 1,9 trln. soʼmni tashkil etgan boʼlsa

Transport xizmatlari - 993 mlrd.

Moliyaviy xizmatlar -917 mlrd.

Shaxsiy xizmatlar- 360 mlrd.

Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari-286 mlrd.

Taʼlim sohasidagi xizmatlar -256 mlrd.

Yashash va ovqatlanish xizmatlari - 145 mlrd.

va boshqa turdagi koʼsatilgan bozor xizmatlari hajmi 816 mlrd. soʼmni tashkil etgan.