30/06/2022

Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda azmu shijoatli yoshlarimizning o‘rni va taʼsiri tobora ortib borayotgani barchamizni quvontiradi.

Shu o‘rinda statistik ma’lumotlarga to’xtalsak:

2022-yil 1-yanvar holatiga yurtimizda 14–30 yoshdagi jami doimiy aholi soni 9 million 685 ming 564 nafarni tashkil etgan.

Oʻgʻil bolalar – 4 954 910 nafar

Qiz bolalar – 4 730 654 nafar 

Davlat statistika qoʻmitasi jamoasi nomidan bugungi muhim sana - Yoshlar kunida barcha yoshlarga, jumladan, statistika tizimida faoliyat olib borayotgan yoshlarga mustahkam sogʻlik, bilim olish, kasb-hunar oʻrganish va izlanishdan toʻxtamaslik, eng asosiysi, ota-onangiz, oilangiz, yaqinlaringiz hamda vatanimiz ishonchini oqlab, ezgu maqsadlaringizga erishishingizda tilakdoshmiz!

 

Yoshlar kuni muborak bo‘lsin!