2022-yilning yanvar-may oylarida ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 4 833,3 mlrd. so‘mni yoki jami sanoat mahsulotlarining 81,3 % ini tashkil etdi.
O‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida yuqori texnologiyali tarmoqning ulushi 1,2 %ni (2021-yilning yanvar-may oylarida – 1,7 %), o‘rta-yuqori texnologiyali – 6,7 % (6,8 %), o‘rta-quyi texnologiyali – 13,5% (13,4%) va quyi texnologiyalisi – 78,6 % (78,1 %)ni tashkil etdi.