O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 11 noyabrdagi 710-son qaroriga muvofiq, 2022-yil 1-iyuldan boshlab respublikamizning barcha tuman va shaharlarida Ro‘yxatga olish bo‘limlari ish boshladi.
Xususan, joriy yilning 5- iyul kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasining majlislar zalida Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish bo'limi tomonidan viloyatimizning barcha shahar va tumanlarida yangi tashkil etilgan "Ro‘yxatga olish bo‘limlari" xodimlariga o‘quv seminari tashkil etildi. Tadbirda yangi ochilgan bo'lim xodimlariga olib boriladigan ishlar xususida dastlabki bilim va ko'nikmalar berildi.
Mazkur bo‘limlar respublikamizda 2023- yilda o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olishga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tashkil etildi. Bo‘limlarning asosiy vazifasi tuman (shahar) aholisiga aholini ro‘yxatga olishning maqsadi va ahamiyatini tushuntirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish, kadastr organlari bilan birgalikda mahalla xaritalarini yangilash, ro‘yxatga olish jarayonlariga jalb etiladigan xodimlarni tanlash va ularni o‘qitish, ro‘yxatga olish jarayonlarini sifatli qilib tashkil etish va uni yuqori saviyada o‘tkazishdan iborat.
Seminar davomida berilgan barcha savollarga Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish bo'limi boshlig‘i N. Najmiddinov tomonidan batafsil javoblar berildi.
Axborot xizmati