Kichik korxona va mikrofirmalarning 2022- yilning I choragida o‘tkazilgan tanlanma kuzatuv natijalariga ko‘ra, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan joriy davrda raqobat muhiti yaxshilangan deb baholagan korxonalarning eng ko‘p ulushi yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 43,1% ni, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 41,2% ni, savdoda – 41,0% ni, sanoatda – 37,4% ni tashkil etdi.