O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 710-son Qarorining 1-ilovasiga muvofiq 2022- yil 1- iyuldan boshlab 14 ta tuman va shaharlarda Аholini ro‘yxatga olish bo‘limlari tashkil etilish vazifasi yuklatilgan bo‘lib, bugungi kunda ushbu bo‘limlarga suhbat asosida xodimlar tanlab olindi va ular 1- iyul kunidan boshlab o‘z faoliyatlarini amalga oshirib kelmoqdalar.
Bo‘limning asosiy vazifalari nimalardan iborat bo‘ladi?
Bo‘limning asosiy vazifalari ro‘yxatga olish sohasida yagona siyosatni amalga oshirish va uni tashkil etishning samarali tizimini taʼminlash;
xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan yagona ro‘yxatga olish metodologiyasini hamda ro‘yxatga olish varag‘i shakllarini amaliyotga tadbiq etish;
maʼmuriy-hududiy birliklar ro‘yxati va chegaralarini aniqlashtirish, kadastr organlaridan kartografik materiallarni qabul qilib olish va registratorlar hamda ro‘yxatga oluvchilarni xaritalar bilan taʼminlash;
ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazishga vaqtincha jalb etiladigan xodimlarni tanlash va ularni o‘qitish;
ro‘yxatga olish jarayonlarida shaxsga doir maʼlumotlarni yig‘ish, to‘plash, saqlash, umumlashtirish va tahlil qilish hamda maxfiyligini taʼminlash;
Bugungi kunda shu yilning 1- avgustidan 1-sentabriga qadar aholi punktlarida uy-joy ro‘yxatini tuzish, xaritadagi xonadonlarni o‘rganish ishlari amalga oshirilishini, bunda ish bilan band bo‘lmagan, xoxlovchi voyaga yetgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolar ro‘yxatlari komissiya tomonidan shakllantirish ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu tadbirda ishtirok etmoqchi bo‘lgan voyaga yetgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarni tuman shahar komissiyalari yoki statistika bo‘limlariga murojaat etishlari mumkin. Ushbu tadbirda ishtirok etgan fuqarolarga qonunchilikda belgilangan tartibda mehnatga haq to‘lanishini maʼlum qilamiz.
Аholini ro‘yxatga olish tadbirida faol ishtirok eting. Yangi O‘zbekistonning bir qismi bo‘ling!