Namangan viloyati statistika boshqarmasi jamoasi barcha vatandoshlarimizni muqaddas islom dinining ezgu gʻoyalarini, xalqimizning urf-odat, anʼanalari va qadriyatlarini oʻzida yaqqol ifoda etadigan, qadimiy bayramimiz – Qurbon hayiti bilan muborakbod etadi.
Oʻzaro mehr-oqibat, ezgulik va sahovat, millatlararo ahillik, bagʻrikenglik ramzi boʻlgan mazkur ayyom Vatanimizda yashayotgan barcha millat va elat vakillari uchun, butun xalqimiz uchun eng aziz va qadrli bayramlardan biri hisoblanadi.