Joriy yilning 15- iyul kuni Namangan shahrida nooziq-ovqat mahsulotlari narxlari bo‘yicha kuzatuv tashkil etildi. Kuzatuv viloyat statistika boshqarmasi boshligʼining birinchi oʼrinbosari B. Xoliqov hamda Narx statistikasi bo‘limi boshlig‘i A. Umataliyev ishtirokida bevosita joyiga chiqqan holda o'tkazildi.
Nooziq-ovqat mahsulotlari kuzatuvlarini zamonaviy texnologiya(planshet)lardan foydalangan holda sifatli tashkil etildi.
Kuzatuv davomida dislokatsion nuqtalar holati bilan tanishildi va nooziq-ovqat mahsulotlari narxlarining ishonchliligini koʼzdan kechirildi.
Matbuot xizmati