16/07/2022

O'zbekiston Respublikasi aholisining sog'ligini saqlash va mustahkamlash hamda sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishni kuchaytirish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biridir. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 30- oktabrdagi "Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risidagi PF-6099-son Farmonining ijrosi bo‘yicha barcha ishchi-xodimlar o‘rtasida sog'lom turmush tarzini keng tatbiq qilish yuzasidan turli sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

Viloyat statistika boshqarmasida ham ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida jamoa o'rtasida haftalik turli sport tadbirlari o'tkazilmoqda. Xususan, shu yil 16- iyul kuni reja asosida boshqarma xodimlari o‘rtasida stol tenis bo'yicha sport tadbiri tashkil etildi.

 

Muntazam jismoniy tarbiya va ommaviy sportni o'tkazishdan maqsad xodimlar orasida sog'lom turmush tarzini shakllantirish, shuningdek, jismoniy faoliyat orqali xodimlarning ish faoliyatini yaxshilashdir.

Axborot xizmati