Joriy yilning 20-iyul kuni O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasida Yig'ma-axborot ishlari boshqarmasi boshlig'i Xurshid Jo'rayev boshchiligida qo’mita vakillarining Fransiya Taraqqiyot agentligining makroiqtisodiy va moliya sektorini kompleks tahlil qilish bo'yicha missiyasi bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Ma'lumot uchun:
Fransiya taraqqiyot agentligi o’z faoliyatini olib boruvchi davlatlarning makroiqtisodiy va moliyaviy vaziyatni tahlil qilib boradi. Fransiya taraqqiyot agentligining O'zbekiston bo'yicha oxirgi kuzatuvi 2019-yilda o'tkazilgan bo'lib, navbatdagi missiya 2022-yil 18-22-iyul kunlari Toshkentda o’tkazildi.
Amori Myulez va Sylvain Belfontan boshchiligidagi Fransiya taraqqiyot agentligi missiyasining maqsadi mamlakatdagi institutsional, ijtimoiy, iqtisodiy va moliyaviy vaziyatni baholash va ma’lumotlarni yangilashdan iborat.
Mazkur uchrashuv davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
- ijtimoiy-siyosiy vaziyat;
- YAIM o'sishi tarkibi, oldingi yillar ko’rsatkichlari va istiqbollari
- davlat moliyasining barqarorligi;
- tashqi likvidlik va to'lov qobiliyati;
- tizimli xatarlar, bank sektorining barqarorligi va uni tartibga solish, pul-kredit siyosati;
Uchrashuv iliq va do'stona ruhda o'tdi.
Matbuot xizmati