Joriy yilning 15- iyul kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminar tashkil etildi.
Seminarda Statistika faoliyatini tashkil etish va yig'ma axborot-tahliliy ishlari bo'limi boshlig‘i M. Izzatullayev O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.06.2022- yildagi “Avtotransport vositalaridan foydalanishda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-298-son Qarorining mazmun-mohiyatini xodimlarga xodimlarga tushuntirib berdi.
Seminar davomida xodimlar tomonidan berilgan savollarga M. Izzatullayev tomonidan batafsil ma'lumotlar berildi.