Joriy yilning 27- iyul kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasida “Korrupsiya rivojlanishimizga to‘siq” mavzusida seminar tashkil etildi. Unda viloyat statistika boshqarmasi rahbariyati hamda boshqarma xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbirda Namangan viloyat statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti B.Ismatullayev korrupsiya-o‘zi nima? korrupsiyaning kelib chiqish sabablari, hozirda mamlakatimizda korrupsiya illatiga qarshi kurashish masalasiga alohida e’tibor qaratib kelinayotganigini, chunki poraxo‘rlik - hokimiyat va boshqaruv asoslarini yemiradigan, uning aholi oldidagi obro‘siga putur yetkazadigan, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlariga daxl qiladigan havfli jinoiy hodisalardan biri ekanligini, ma’lumki, korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazishini, davlatning konstitutsiyaviy asoslarini va qonun ustuvorligini zaiflashtirib, oqibatda inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib kelishini aytib o‘tdi.
Shu bilan birgalikda, Davlat statistiika qo‘mitasi tomonidan ham ushbu illatga qarshi amaliy ishlar olib borilayotganligini va korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida doimiy ravishda proflaktik tadbirlar, seminar, davra suhbatlari o‘tkazilib kelinayotganligini, qolversa statistika tizimida barcha hisobotlar qamrovini olishda elektron tizimga o‘tilib, qog‘oz shaklidan voz kechilganligi ham korrupsiyaga tizimda chek qo‘yishniyeg bir usullaridan ekanligini, bundan tashqari tizimga xodimlarni ishga qabul qilish ham Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi orqali shaffof tizimda test sinovidan o‘tgach, suhbat asosida olinayotganligi hamda qurilish ishlari ham ochiq tender asosida amalga oshirilayotganligi ham tizimda korrupsiyaga yo‘l qo‘yilmayotganligidan dalolat berishini ham ta’kidladi.
Yuqoridagilardan tashqari, Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan “Davstatqo‘m Antikorupsiya” kanali orqali respublika bo‘ylab korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘ygan shaxslar haqida ma’lumotlar joylab borilayotganligini va qo‘mita tomonidan korrupsiya bo‘yicha antikorrupsiya bo‘yicha bot ham ishga tushirilganligini va bularning barchasi tizimda korrupsiyani butunlay yo‘q qilishga qaratilgan harakatlardan biri ekanligini aytib o‘tdi.
Axborot xizmati