28/07/2022

Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022- yil 21- fevraldagi “2030-yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirishni jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 83-son  qarori qabul qilindi.

mics_2

Shundan kelib chiqib, joriy yilning 26-27-iyul kunlari BMTning UNICEF xalqaro jamgʻarmasining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi tomonidan Davlat statistika qoʻmitasida xalqaro ekspertlar ishtirokida Milliy Barqaror rivojlanish maqsadlarining bolalarga oid koʻrsatkichlarini yigʻish hamda tizimlashtirish yoʻnalishlarini belgilashga koʻmaklashish maqsadida tadbir tashkil etildi.

mics_3

Tadbirni, Davlat statistika qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Zoxidjon Ziyayev kirish soʻzi bilan ochib berdi. Shuningdek uchrashuvda, UNICEF dan xalqaro ekspertlar Xose Lui Servera-Ferri va Anna Astafyeva, Davlat statistika qoʻmitasidan Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasi boshligʻi Dilshodbek Qirgʻizov hamda Markaziy apparat xodimlari ishtirok etdi.

mics_448mics_5

Uchrashuvda, BRMni oʻz vaqtida ijrosini taʼminlash maqsadida, fuqarolar va davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar oʻrtasida muloqotni taʼminlash, BRMga erishishda parlament, hukumat va fuqarolik jamiyati institutlari oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va har bir shaxs manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan siyosatni amalga oshirish uchun, “Oʻzbekiston Respublikasini barqaror rivojlantirish sohasidagi Milliy maqsadlar va vazifalarning 2030-yilgacha boʻlgan davrda amalga oshirilishini nazorat qilish boʻyicha parlament komissiyasi” tashkil etilganligi taʼkidlandi.

mics_6mics_7

Shuningdek, BRM koʻrsatkichlari roʻyxatini global tizimga moslashtirish va BMT tizimining tavsiyalarini hisobga olgan holda metamaʼlumotlarni ishlab chiqish, hamda hozirgi vaqtda milliy darajada shakllanmagan koʻrsatkichlarni shakllantirish mexanizmini aniqlash va muntazam ravishda BRM koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni rasmiy veb-saytda va statistik toʻplamlarda nashr etish kerakligi alohida qayd etildi.

mics_8mics_9mics_10

Bundan tashqari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti YUNISEF Bolalar jamgʻarmasining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi qoʻshma tashabbusi bilan mamlakatimizda ilk marotaba bolalar statistikasiga oid statistik koʻrsatkichlarni jamlashga kerakligi taʼkidlandi.

Mazkur uchrashuvlar joriy yilning 5- avgustiga qadar davom etadi.