01/08/2022

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil  11- noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari  to‘g‘risida"gi 710-son Qaroriga muvofiq, 2022- yilning 1-31 avgust kunlari respublikamizning barcha hududularida aholi punktlarida turar joylar va binolar ro‘yxatini tuzish hamda registratorlik hududining sxematik rejasiga aniqlik kiritish maqsadida registratorlar ishga jalb qilinishi belgilangan. Ishga jalb qilingan registratorlarga joriy yilning 1-3 avgust kunlariga qadar maxsus ishlab chiqilgan reja asosida o‘quv seminarlar tashkil etilmoqda.

Mazkur o‘quv seminarlari Namangan viloyatining barcha shahar va tumanlarida o‘tkazilmoqda. O‘qish jarayonida registratorlarga o‘zlariga biriktirilgan hududdagi barcha uy-joylar va aholi yashaydigan noturar joylar ro‘yxatini tuzish, aholi soniga aniqlik kiritish, hamda xaritalarni o‘rganish jarayonida yuzaga keladigan muamolarini bartaraf etish yuzasidan batafsil tushunchalar berilmoqda.

O'quv jarayonlaridan foto lavhalar:

 Axborot xizmati