03/08/2022

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida Namangan viloyatida ko‘rsatilgan moliyaviy xizmatlari hajmi 1 trln. 133 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan moliyaviy xizmatlar hajmining 228,3 mlrd. so‘mga ko‘payishi kuzatildi. Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida ushbu turdagi xizmatlarning ulushi 16,6 % ni tashkil etdi.

♻️ Moliyaviy xizmatlar tarkibi %da

? Yordamchi moliyaviy faoliyat - 2,7 %,

? Sug‘urta bo‘yicha xizmatlar - 6,7 %,

? Sug‘urta va nafaqa ta’minoti bo‘yicha xizmatlardan tashqari moliyaviy xizmatlar - 91,1 % ni tashkil etdi.

Axborot xizmati