03/08/2022

2022- yil yanvar-iyun oylarida Namangan viloyati xorijiy davlatlarga qiymati 158,3 mln.AQSh dollarlik to‘qimachilik mahsulotlari eksportini amalga oshirilib, umumiy eksportning 58,3 % ini tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2021- yilning mos davriga nisbatan 33,2 % ga oshgan. To‘qimachilik mahsulotlari eksporti hajmining oshishi bevosita paxta xomashyosi o‘rniga tayyor mahsulot ishlab chiqarish va qo‘shimcha qiymat yaratish maqsadida amalga oshirilgan islohotlarning natijasi ekanini ko‘rish mumkin.

Axborot xizmati