Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Аbdurazakov Toshkent shahrida oʼtkazilayotgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning hududlar rahbarlari forumida ishtirok etmoqda.
Forumning asosiy maqsadi ShHTga aʼzo davlatlar eʼtiborini turizm, madaniyat va qishloq xoʼjaligini yanada rivojlantirish masalalariga jalb etishdan iboratdir. Ikki kunlik tadbir dasturi yalpi majlis va uchta panel munozaralari, shuningdek, tashkilotga aʼzo mamlakatlar ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida boʼlib oʼtadigan biznes-forumni oʼz ichiga oladi.
Forum doirasida viloyatimiz vakillari “Shanxay hamkorlik tashkiloti makonida mintaqalararo savdoni rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi panelь majlislarida ishtirok etishdi.
Shuningdek, Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar ishtirokchilari bilan uchrashuvlar oʼtkazildi.
Xususan, Rossiya Federatsiyasining Samara viloyatining rasmiy va ishbilarmon doira vakillaridan iborat delegatsiyasi bilan ikki tomonlama savdo iqtisodiy hududlararo hamkorlik aʼloqalarini rivojlantirish boʼyicha muzokaralar olib borildi.