2022- yil yanvar-iyun oylarida avtomobil transportida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida taksi xizmatlarining ulushi 49,7 %ni yoki 9,5 trln. so‘mni tashkil etgan.
Avtomobil transportida yoʻlovchi tashishning umumiy hajmida taksi xizmatlarining ulushi 85,0 %ni tashkil etdi.
Hududlar orasida ushbu xizmat turi umumiy hajmida Toshkent (19,8 %), Samarqand (17,1 %) viloyatlari va Toshkent shahrida (12,2 %) nisbatan yuqori ulushga ega. Sirdaryo viloyatida bu ko‘rsatkich yuqori emas – 1,7 %ni tashkil etdi.