04/08/2022

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-iyun oylarida oliy taʼlim sohasida koʻrsatilgan xizmatlar hajmi 3,5 trln. so‘mni yoki ta’lim sohasida ko‘rsatilgan jami bozor xizmatlari hajmining 52,0 foizini tashkil etdi. Ma’lumot uchun: o‘tgan yilning shu davrida ushbu xizmat turining ulushi 49,6 foizni tashkil etgan. Bu esa oliy ta’lim muassasalari, jumladan, xorijiy ta’lim muassasalaridagi talabalar sonining ko‘payishi bilan bog‘liq.

Ayni paytda 35 ta oliy ta’lim muassasalari moliyaviy va akademik mustaqillikka ega bo‘lib, bu esa ularga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul kvotalarini mustaqil belgilash imkonini beradi.