04/08/2022

2022-yilning yanvar-iyun oylarida Namangan viloyati korxonalari tomonidan 7 trln. 754,3 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2021-yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 8,6 % ko‘paygan.

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida sanoat korxonalari tomonidan qiymati 1 trln. 170,4 mlrd so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari, 72,9 mlrd so‘mlik turli xil metallar, 274,6 mlrd so‘mlik boshqa nometall mineral mahsulotlar, 191,5 mlrd so‘mlik ichimlik mahsulotlari, 2 trln. 125,5 mlrd. so‘mlik to‘qimachilik mahsulotlari, 805 mlrd. so‘mlik kiyim kechak mahsulotlari, 174,5 mlrd. so‘mlik kimyo mahsulotlari hamda 119,0 mlrd. so‘mlik rezina va plastmassa buyumlar ishlab chiqarilgan.

Axborot xizmati