2022- yilning yanvar-iyun oylarida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 8,8 trln. so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 2021- yilning mos davriga nisbatan 103,5 % ni tashkil qilgan.
Viloyat bo‘yicha yanvar-iyun oylarida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari umumiy hajmida dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 4,2 trln. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,7 %ga ko‘paygan. Shuningdek, chorvachilik mahsulotlarining ulishi 4,6 trln. so‘mni tashkil etib, 2,1 % ga oshgan.
Axborot xizmati