05/08/2022

Namangan viloyatida 2022- yil yanvar-iyun oylarida asosiy kapitalga 6 trln. 281 milliard 500 million so‘mlik investitsiyalar yo‘naltirildi. O‘sish sur’ati 2021- yilning mos davriga nisbatan 105,2 %ni tashkil etdi.

Viloyatda asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar bo‘yicha 2022- yil yanvar-iyun oylarida eng yuqori ko‘rsatkichlar quyidagi hududlarda kuzatildi: Namangan shahrida – 2 trln. 174.4 mlrd. so‘m, tumanlardan Chust – 785 mlrd. so‘m, Namangan – 692.4 mlrd. so‘m, To‘raqo‘rg‘on – 584,6 mlrd. so‘mni tashkil etgan.

Asosiy kapitalga investitsiyalar umumiy hajmida eng katta ulush 32,2 % bilan ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, qurilish 15,1 %ni ulgurji va chakana savdo 9,2 % ni hamda Qishloq xo‘jaligi 7,4 % hissasiga to‘g‘ri kelgan.