05/08/2022

2022- yil 1- iyul holatiga ko‘ra qurilish sohasida korxona va tashkilotlar soni 2402 tani tashkil etib, ular tomonidan 2 trln. 921 mlrd. 500 million so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan. O‘sish sur’ati 2021- yilning mos davriga nisbatan 109,8 %ni tashkil etgan.

Viloyat bo‘yicha qurilish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni eng ko‘p bo‘lgan hudular Namangan shahrida- 722 ta, Kosonsoy - 259 ta, Uychi - 239 tani, eng kam hududlar Mingbuloq - 79 ta, Yangiqo‘rg‘on – 104 ta hamda To‘raqo‘rg‘on tumanida 106 tani tashkil etgan.