2022-yilning yanvar-iyun oylarida sartaroshxona va go‘zallik salonlari xizmatlari shaxsiy xizmatlar umumiy hajmining 64,8 %ini yoki 2,5 trln. so‘mdan ortiqni tashkil etdi.
Hududlar kesimada sartaroshxona va kosmetologiya xizmatlari umumiy harmida Toshkent (18,4 %), Farg‘ona (13,4 %), Samarqand (12,3 %), Namangan (10,6 %) viloyatlari va Toshkent shahri (10,5 %)ning ulushi nisbatan yuqoriligi bilan ajralib turadi.
Ushbu xizmat turi bo‘yicha nisbatan past ko‘rsatkich Sirdaryo viloyatida qayd etilgan (1,4 %). Ehtimol, bu hudud aholisining kamligi bilan bog‘liq.