12/08/2022

2022-yilning yanvar-iyun oylari davomida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha magistral temir yoʻl transporti orqali jami 35,9 mln. tonna asosiy turdagi yuklar tashilgan boʻlib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan yuk tashish hajmi 1,9 % ga oʻsishi kuzatildi.

Ushbu transport turida 2021-yilning yanvar-iyun oyiga nisbatan kartoshka, poliz mahsulotlari va hoʻl mevalar tashilgan yuklar orasida eng yuqori oʻsish koʻrsatkichiga ega boʻldi (1,8 baravar).