Joriy yilning 12- avgust kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminar tashkil etildi.
O‘quv mashg‘ulotida boshqarma bosh yuriskonsulti B.Ismatullayev O’zbekiston Respublikasining 08.08.2022-yildagi “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘RQ–788-son Qonunining mazmun-mohiyatini xodimlarga tushuntirib berdi.
Qonunga ko‘ra, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi davlat fuqarolik xizmati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi deb belgilandi va vakolatlari ham ko‘rsatib o‘tilganligini tushuntirdi.
Shuningdek, davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq cheklovlar ham o‘rnatilgan bo‘lib, unga ko‘ra davlat xizmatchisi o‘zaro yaqin qarindoshlikda yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan shaxslar birga xizmat qilishi, pedagogik, ilmiy va ijodiy faoliyatdan tashqari boshqa haq to‘lanadigan boshqa haq to‘lanadigan faoliyat bilan shug‘ullanishi, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi, muassisi, tashkiliy-boshqaruv, ma’muriy-xo‘jalik vazifalarini bajarishi, o‘zi xizmat qilayotgan davlat organi nazorati ostidagi tashkilotlaridagi ulushlar, paylarni va aksiyalarni olishi, biron-bir mukofot, foyda yoki sovg‘alar olishi, chel el fuqaroligini olishi, O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida hisob-raqamlari ochishi, mol-mulkka ega bo‘lishi mumkin emasligi ham belgilanligi haqida ma'lumotlar berdi.
Seminar davomida xodimlar tomonidan berilgan savollarga boshqarma bosh yuriskonsulti B. Ismatullayev tomonidan batafsil ma'lumotlar berildi.