11/08/2022

2022- yilning 11- aprel kuni Davlat statistika qo‘mitasida kadrlar salohiyatini oshirish, tizimda ilg‘or va zamonaviy metadologiyalarni keng targ‘ib etish maqasadida navbatdagi onlayn o‘quv-seminari o‘tkazildi.

1-7j1a4728

2-7j1a4724

Vebinar qo‘mitaning Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi tomonidan tashkil etildi. Unda markaziy apparat hamda hududiy statistika boshqarmalari xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda dastlab, 2021- yil 27- avgustdagi Vazirlar Mahkamasining 544-son “Minimal iste’mol xarajatlari qiymatini hisoblash tartibini amaliyotga joriy etish to‘g‘risida” qarori ijrosi bo‘yicha so‘z yuritildi.

3-7j1a4735

4-7j1a4732

Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning “Aholining o‘rtacha yoki og‘ir darajadagi oziq-ovqat xavfsizligi darajasi “Oziq -ovqat xavfsizligini sezish darajasi” (FIES) savolnomasi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

 Shundan so‘ng, qo‘mitaning Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Umid Madaminov tizim xodimlarining malakasi va salohiyatini oshirish yuzasidan fikr-mulohaza bildirdi.

5-7j1a4738

Xususan, aholi turmush darajasini o‘rganishda uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlarining o‘rni, tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi.

Seminarda mavzu yuzasidan fikr almashinib, berilgan savollarga batafsil javob qaytarildi.

Matbuot xizmati