15/08/2022

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Respublikada 1 221,6 ming tonna goʻsht (tirik vaznda) yetishtirilgan boʻlib, ushbu koʻrsatkich 2021- yilning mos davriga nisbatan 102,5 % ni tashkil qildi.

Goʻsht yetishtirishning yuqori hajmlari 1 103,0 ming tonna yoki umumiy yetishtirish hajmidan 90,3 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xoʻjaliklarida qayd etildi, aksincha kam hajm 53,2 ming tonna (4,4 %) qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda kuzatildi.