Joriy yilning 15- avgust kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi boshligʼi S. Melixujayev hamda Uychi tuman statistika bo‘limi narx registratori A.Tursunxo'jayev ishtirokida nooziq-ovqat maxsulotlari kuzatuvlari bevosita joyiga chiqqan holda o'tkazildi.
Nooziq-ovqat maxsulotlari kuzatuvlarini zamonaviy texnologiya(planshet)lardan foydalangan holda sifatli tashkil etildi.
Kuzatuv davomida dislokatsion nuqtalar holati bilan tanishildi va nooziq-ovqat maxsulotlari narxlarining ishonchliligini koʼzdan kechirildi. Boshqarma boshlig‘i tomonidan narx registratoriga kerakli tavfsiyalar berildi.
Matbuot xizmati