22/08/2022

2022-yilning yanvar-iyul oylarida Namangan viloyati korxonalari tomonidan 9 trln 189,5 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2021-yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan 109,1 % ni tashkil etdi. Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 78,7 %ni tashkil etdi.

Hududlar kesimida sanoat ishlab chiqarilishining viloyatda jami hajmidagi eng yuqori ulushi Namangan shahriga to‘g‘ri kelib, 36,0 %ni, shuningdek, To‘raqo‘rg‘on tumani 21,7 %ni, Chust tumani 8,8 %ni, Uchqo‘rg‘on tumani 6,1 % tashkil etdi.