Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov va “Astrum” IT akademiyasi oʻrtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.
- Sizlarning bu boradagi tajribangiz eʼtiborga sazovor. Shu bois Namanganda tashkil etiladigan akademiyani ishga tushirishda koʻmagingiz zarur. Hamkorligimiz soha rivojiga xizmat qiladi, - dedi viloyat rahbari.
Jahonda sohaning oʻsish surʼatlari yiliga 10 foizni tashkil etib, joriy yilda 4,3 trillion dollarga yetadi.
Yurtimizda bu sohaga soʻnggi besh yilda 2 milliard dollar, shundan 700 million dollar toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar yoʻnaltirildi.
Akademiya masʼullarining taqdimoti ham yigʻilganlarda katta taassurot qoldirdi.
Tashrif yakunida har ikki taraf masʼullaridan tashkil topgan ishchi guruh amalga oshiriladigan ishlar chora-tadbirlarini muhokama qilib olishdi. Fotolavhalar