2022- yilning yanvar-iyun oylarida Kosonsoy tumanida davlat ro‘yxatidan o‘tib faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 571 tani tashkil etib, ular tomonidan 358,0 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Sanoat ishlab chiqarish indeksi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 112,2 % ni tashkil etdi.
Shuningdek, 2022- yilning yanvar-iyun oylarida kichik biznes subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat maxsulotlari hajmi 142,1 mlrd. so‘m bo‘lib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 39,7 % ni tashkil etgan. Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi esa 1 mln. 636 ming 100 so‘mni va xalq iste’moli tovarlarini ishlab chiqarish hajmi 1 mln. 455 ming 200 so‘mni tashkil etgan.
Tumanda sanoat sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni
|
2021- yil |
2022- yil |
Sanoat korxonalari, jami |
545 |
571 |
- yirik korxonalar |
2 |
3 |
- kichik korxona va mikrofirmalar |
543 |
568 |
- shu jumladan: xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar |
12 |
13 |