24/08/2022

O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni savdo xizmatlari egallaydi. 2022- yilning yanvar-iyul oylarida ularning ulushi 25,0 % ni tashkil etdi. Shu bilan birga, yuqori ko‘rsatkichlar moliyaviy (23,2 %), transport (21,9 %), aloqa va axborotlashtirish (6,4 %), shuningdek, ta’lim  sohasidagi xizmatlar bo‘yicha (4,0 %) qayd etildi.

Kompyuterlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar hajmida biroz o‘sish qayd etilib, ularning ulushi 1,7 % ga yetdi.

 Iqtisodiy faoliyat turlari boyicha xizmatlarning tarkibi:

 Savdo xizmatlari – 25,0 %;

Moliyaviy xizmatlar – 23,2 %;

Transport xizmatlari – 21,9 %;

Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari – 6,4 %; 

Ta’lim sohasidagi xizmatlar – 4,0 %; 

Boshqa xizmatlar – 3,8 %;

Yashash va ovqatlanish xizmatlari – 3,2 %;

Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar – 2,7 %;

Shaxsiy xizmatlar – 2,5 %;

Me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar – 2,0 %;

Ijara xizmatlari – 1,8 %;

Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar –1,8 %;

Kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar – 1,7 %.