2022- yilning yanvar-iyun oylarida Yangiqo‘rg‘on tumanida chakana savdo tovar aylanmasi 383,3 mlrd. so‘mni tashkil etgan bo‘lib, 2021- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 114,0 % ni tashkil qildi.
Yirik korxonalarning chakana savdo tovar aylanmasi (umumiy ovqatlanishni qo‘shgan holda) 8,9 mlrd. so‘mni tashkil qilib, umumiy chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi 2,3 % ni tashkil qildi.
Kichik biznes korxonalari tovar aylanmasi 116,7 mlrd. so‘mni tashkl qilib, umumiy chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi esa 30,5 % ni tashkil qildi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar tovar aylanmasi 182,8 mlrd. so‘mni tashkl qilib, umumiy chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi esa 47,7 % ni tashkil qildi.
Umumiy tovar aylanmasi hajmining 74,9 mlrd. so‘mi uyushmagan savdo tovar aylanmasi hisobiga to‘g‘ri keldi. Ushbu sektorning jami chakana savdo tovar aylanmasi hajmidagi ulushi 19,5 % ga teng bo‘ldi.
Viloyat chakana savdo tovar aylanmasi umumiy hajmida tumanning ulushi 4,7 % ni tashkil etdi.