26/08/2022

2022- yilning yanvar-iyun oylarida kichik biznes subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat maxsulotlari hajmi 332,6 mlrd. so‘m bo‘lib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 71,8 % ni tashkil etgan. Shuningdek, ushbu davrda kichik biznes subyektlari tomonidan 149,0 mlrd. so‘mlik xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, kichik biznes subyektlarining xalq iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishdagi ulushi 100,0 % ni tashkil etgan.