30/08/2022

2021- yil yakuni bilan Namangan viloyati hududlar bo‘yicha o‘rtacha ish haqini hisoblash uchun qabul qilinadigan mehnat daftarchalariga ega bo‘lgan xodimlar sonining eng ko‘pi Namangan shahri (30650 ta), Uychi (6283 ta), Namangan (5953 ta), Chust (5331 ta), Pop (4716 ta) va To‘raqo‘rg‘on (4676 ta) tumanlariga to‘g‘ri keldi.

Shuningdek, iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘rtacha ish haqini hisoblash uchun qabul qilinadigan mehnat daftarchalariga ega bo‘lgan xodimlar sonining eng ko‘pi sanoatda – 27438 ta, qurilishda – 15987 ta; savdoda – 13469 tа; qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida – 3502 ta; tashish va saqlashda – 3448 tani tashkil etdi.