Joriy yilning 7- sentabr kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi Narx statistikasi bo‘limi bosh mutaxassisi E. Jabbarov hamda Pop tuman statistika bo‘limi narx registratori D. Sotvoldiyevalar ishtirokida tuman dehqon bozorida 5-narx (bozor) xaftalik kuzatuvlari bo‘yicha dislokatsion nuqtalarga chiqib, bozordagi narxlarining ko‘rsatkichlari, ularning shaffofligini kuzatdilar.
Kuzatuv davomida E. Jabbarov tomonidan narxlarni planshetlarga kiritish bo‘yicha narx registratoriga amaliy yordam ko‘rsatildi hamda Pop dehqon bozoridagi real narxlarni kuzatish tartiblari bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Axborot xizmati