Joriy yilning 7-sentabr kuni belgilangan grafik asosida Namangan viloyati Pop tuman hokimligida tumandagi barcha MFYlar raislariga 2-DX "Dehqon xo‘jaliklari faoliyati to‘g‘risidagi" Davlat statistika hisobotini topshirish yuzasidan o‘quv-seminari tashkil etildi.
Seminarda Namangan viloyati statistika boshqarmasi boshligʼi oʼrinbosari R. Jiyanov, “Qishloq xoʼjaligi va ekologiya statistikasi” boʼlimi boshligʼi А. Dadamirzayev hamda tuman statistika boʼlimi boshligʼi D. Аbduvaxobovlar tomonidan 2-DX “Dehqon va tomorqa xoʼjaliklari faoliyati toʼgʼrisida hisobot”ini shakllantirishda qishloq xoʼjaligi yer maydonlari, chorva mollari va parrandalar bosh soni, yetishtirilayotgan qishloq xoʼjaligi mahsulotlari hajmlari va hisobotlarni shaffof tarzda tayyorlash yuzasidan tayyorlangan lavhalar va maʼlumotlar orqali batafsil tushuntirildi.
Seminar oʼzaro savol javoblar bilan davom etdi, jumladan Mustaqillik MFY raisi J. Obidov, Chortoq MFY raisi R. Yulchiyev hamda Nurabod MFY raisi V. Toʼychiyevlarning bergan savollariga mutassaddilar tomonidan tegishli javoblar berib borildi.
Axborot xizmati