Joriy yilning 7-sentabr kuni Davlat statistika qoʻmitasida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi masʼul xodimlari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Unda idoraviy ma’lumotlar bazalarini yagona ma’lumotlarni boshqarish tizimiga integratsiya qilish orqali kuzatuvlarni bosqichma-bosqich optimallashtirish va respondentlardan hisobot topshirish yukini kamaytirish, shuningdek, ro‘yxatga olish ishlarini o‘tkazish va yalpi statistika hisobotlarini tanlanma kuzatuvlar bilan almashtirish hisobiga statistikani shakllantirish tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, ish haqi va mehnat bo‘yicha ko‘rsatkichlarning to‘liqligi va haqqoniyligini ta’minlash maqsadida, ma’lumotlar bazalarini integratsiya qilish orqali idoralararo elektron hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.
Matbuot xizmatia