Uchqo‘rg‘on tumanida 2022- yilning yanvar-iyun oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 316,7 mlrd. so‘mni tashkil etgan bo‘lib, 2021- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 113,5 % ni tashkil qildi.
? Yirik korxonalarning chakana savdo tovar aylanmasi (umumiy ovqatlanishni qo‘shgan holda) 18,0 mlrd. so‘mni tashkil qilib, umumiy chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi 5,7 % ni tashkil qildi.
? Kichik tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 102,4 mlrd. so‘mni tashkil qilib, umumiy chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi esa 32,3 % ni tashkil qildi.
? Yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 148,7 mlrd. so‘mni tashkl qilib, umumiy chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi esa 47,0 % ni tashkil qildi.
? Umumiy tovar aylanmasi hajmining 47,6 mlrd. so‘mi uyushmagan savdo tovar aylanmasi hisobiga to‘g‘ri keldi. Ushbu sektorning jami chakana savdo tovar aylanmasi hajmidagi ulushi 15,0 % ga teng bo‘ldi.
? Viloyat chakana savdo tovar aylanmasi umumiy xajmida tumanning ulushi 3,9 % ni tashkil etdi.
08/09/2022